O'yinchi o'rnidan turmaydi. Pulingiz esa kelaveradi.
Defuse — game klub uchun boshqaruv tizimi. Har bir PCda dastur, kassirda panel, o'yinchida ilova. Buyurtma o'rindan turmasdan yuboriladi, vaqt o'z-o'zidan hisoblanadi, kassa oxirida to'g'ri chiqadi.
Hozir klubda nima bo'layapti
Uchtasining ham sababi bir xil: hisob odam xotirasida turadi. Defuse uni tizimga o'tkazadi.
Bitta tizim, uchta ekran
Har bir ekran o'z ishini qiladi va bir-biriga real vaqtda ulangan.
Klubni telefondan ko'rasiz
Har PCning holati, smena kassasi, bufet savdosi, kassir kim nima qilgani. Klubda bo'lish shart emas.
Kompyuter o'zini qulflaydi
To'lov tugagach ekran qulflanadi. Kassir yugurmaydi, bahs bo'lmaydi. O'yinchi ilovadan vaqt qo'shadi va davom etadi.
Joyni oldindan band qiladi
Balans, bronlar, chegirmalar va bufet — hammasi telefonda. Sizga esa oldindan to'langan mijoz keladi.
Klubingizda qancha pul yo'qolayotganini ko'ring
O'z raqamlaringizni kiriting. Hisob o'rtacha ko'rsatkichlarga asoslangan — aniq rejani qo'ng'iroqda klubingiz bo'yicha chiqaramiz.
Bu taxminiy hisob — mijoz bilan qo'ng'iroqda aniq raqam chiqaramiz.
Klubim uchun aniq hisobO'yinchilar sizni ilovadagi xaritadan topadi
Tizimga qo'shilgan klub xaritada bo'sh joylari bilan ko'rinadi. Bu — qo'shimcha mijoz oqimi.
Narx PC soniga qarab
Oylik to'lov, yashirin foizlar yo'q. Bufet savdosidan komissiya olmaymiz.
Klubingizni 20 daqiqada ko'rsatamiz
Raqamingizni qoldiring — qo'ng'iroq qilamiz, ekranni ulashib tizimni ko'rsatamiz va klubingiz bo'yicha hisobni chiqaramiz. Sotuv bosimi yo'q.